Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi (AQSh) Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 17 iyul kuni Kenfild shahrida (Ogayo shtati) yo‘l-transport hodisasi natijasida mamlakat fuqarosi A.N. vafot etdi.
Vafot etgan shaxs yaqinlariga marhum jasadini vatanga jo‘natishda yordam berish uchun mahalliy hokimiyat organlari tomonidan berilgan hujjatlar asosida Bosh konsulxona tegishli hujjatlarni rasmiylashtirdi va boshqa kerakli jarayonlarni amalga oshirdi, deyiladi TIV xabarida.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning qarindoshlari va yaqinlariga ta'ziya izhor etgan va AQShning 35 shtati (Alyaska, Arizona, Kaliforniya, Konnektikut, Gavayi, Aydaxo, Illinoys, Indiana, Ayova, Kanzas, Men, Massachusets, Michigan, Minnesota, Missuri, Montana, Nebraska, Nevada, Nyu Gempshir, Nyu Jyersi, Nyu Mexiko, Nyu York, Shimoliy Dakota, Ogayo, Oregon, Pensilvaniya, Puerto Riko, Rod Ayland, Janubiy Dakota, Yuta, Vermont, Virgin orollari, Vashington, Viskonsin, Vayoming), shuningdek, Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari hududidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda +1-212-754-7403 telefon raqamlari orqali mamlakatning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025