Jahon | 19:50 / 24.07.2019
9496
2 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey iste'foga chiqdi

Foto: AFP

Britaniya bosh vaziri Tereza Mey qirolicha Yelizaveta II’dan egallab turgan lavozimidan ozod etishni so‘rab iste'foga chiqdi.

Mey bosh vazir sifatida deputatlar bilan oxirgi savol-javoblar sessiyasini o‘tkazib va o‘z devonxonasi xodimlari bilan xayrlashib, Bukingem saroyiga qirolicha qabuliga yo‘l olgan va u yerdan parlament quyi palatasining oddiy deputati maqomida chiqqan.

Mey ketidan Konservativ partiya yetakchisi etib saylangan Boris Jonson qirolicha qabuliga yo‘l oladi. U qirolicha yonidan bosh vazir sifatida chiqadi va yangi maqomdagi ilk nutqidan keyin o‘z hukumatini shakllantirishni boshlaydi.

Mey Britaniya hukumatiga 2016 yil 13 iyuldan boshchilik qilib kelgan. U joriy yilning 7 iyunida Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz kechayotgani sababli Konservativ partiya yetakchisi lavozimidan ketgan. Shu bilan birga u partiyaga yangi yetakchi saylanguncha bosh vazir vakolatlarini bajarib turgan. 23 iyulda partiyaga Londonning sobiq meri va sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson yetakchi etib saylangan.  

Mavzuga oid