Fuqaroligi yo‘q namanganlik mo‘ysafid orzusiga erishdi
KUN.UZ tahririyati tomonidan joriy yilning qish kunlarida namanganlik mo‘ysafid Mahmudjon Yusupov haqida maqola tayyorlangan edi. Unda bu inson shu yurtning farzandi bo‘la turib ma'lum bir xatoliklar tufayli pasporsiz qolganligi va hali-hanuzgacha bu muammo hal etilmagani haqida so‘z yuritilgan edi. Bu insonning fuqarolik orzui nihoyat ushaldi. Vodiydagi murojaatlar sabab yo‘limiz Namangan shahriga tushdi va Mahmudjon aka bilan yana bir bor uchrashdik.
Yangilik bilan tabriklab suhbatimizni boshladik.
- Pasportlarni olibsiz. Muborak bo‘lsin!..
- 30 yildirki pasporsiz yurdim. Nega? Shu yerni odami bo‘lsam, to‘g‘rimi? Allohga shukr, 30 yildirki kutdik va oldik. Kim bunga bosh-qosh bo‘lgan bo‘lsa, tan-u joni sog‘ bo‘lsin.
- Hozir endi to‘laqonli fuqaro bo‘ldingiz, to‘g‘rimi?
- Avval ham huquqlarimiz bor edi. Faqat saylana olmasdik, saylay olmasdik. Men uchun boshqa narsalar yetarli edi. O‘zimning yurtimda kim menga bir narsa deydi?! Lekin o‘sha pasportni qo‘limizga bermasdan, bizga fuqaroligi yo‘q deb aytishdi-da, qarang. Endi mana fuqarolikka ham ega bo‘ldik. Eng asosiysi, armon bo‘lib qolmadi. Shu yerda yashab qancha qiyinchiliklar bo‘ldi. Bizni qiynaganni o‘zi qiynalsin. Axir, 30 yil yurdik-ku pasporsiz. Bu nima degan gap?
- Boshqa fuqaroligi yo‘q shaxslar haqida nima deya olasiz?
- Juda afsusdaman, armondaman. Nega deganda vaqtida o‘sha narsani berib qo‘ysa bo‘ladigan narsa-ku. Nima qiyinchiligi bor edi? Odam juda o‘ksinadi. Yuragining bir chetida doim dog‘ bo‘lib qoladi. Kimdan nima kamim bor, degan xayollar keladi.
- Saylash va saylanish haqida aytib o‘tdingiz. Saylovlarga nomzodingizni qo‘yish niyatingiz bormi?
- Endi yoshim ancha keksayib qoldi. 80 yoshga kirdim deyarli. Lekin o‘zimizning mahalla raisligiga saylaymiz deb aytishyapti. Kim biladi endi. Lekin asosiysi bo‘ldi.
Biz ushbu insonni yana bir bor fuqarolik maqomi bilan tabriklash barobarida boshqa bunday shaxslarning ham eng og‘riqli orzusi sanalmish fuqarolikka erishishini tilab qolamiz.
Mavzuga oid
10:06
Halollik mukofoti: yo‘ldan topilgan 5 ming dollarni egasiga qaytargan haydovchi haqida hikoya
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024