Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
100 million so‘mlik televizorlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bojxona xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan maishiy texnika tovarlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tadbir davomida fuqarolar I.A. va I.M. boshqaruvida bo‘lgan “Changan” rusumli avtoulov belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 100 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi 75 dona televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025