Ezidyor rahbari va Toshkent shahar hokimi kompensatsiya masalasini muhokama qilishdi
GRAND DUET MChJ O‘zbekiston - Birlashgan Arab Amirligi qo‘shma korxonasi rahbari Sherzod Sobirov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Ezidyor restorani kompensatsiya masalasida muzokaralarni davom ettirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
2003 yildan buyon aholiga zamonaviy biznes markazi sifatida xizmat ko‘rsatib kelgan, Ezidyor nomi bilan mashhur bo‘lgan to‘yxona buzilishi yuzasidan tadbirkorga kompensatsiya to‘lanishi ma'lum bo‘lgandi.
Sobirovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, avvaliga Toshkent shahridagi «Versal» to‘yxonasi taklif qilingan. Ammo mol-mulklar o‘rtasida yirik tafovut mavjudligi, xususan 40 milliard so‘m qo‘shimcha to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan kompaniya ushbu taklifni rad etgan.
«Bizga «Sayohat» restorani berilishi belgilandi. Bu hukumat bayonnomasida ham aks etgan, ammo turli noma'lum vajlar bilan bino bizga topshirilmadi. Xorijiy hamkorlarimiz ishni sud tartibida ko‘rib chiqish tarafdori bo‘ldi. Sud ishni joriy yilning 16 may kuni yakunlab, qaror chiqardi», — deydi GRAND DUET MChJ rahbari.
26 iyul kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkor bilan uchrashuvda unga 3 xil taklifni bildirdi: «Sayohat» restoranini qabul qilish, 19 milliard so‘m atrofida kompensatsiya puli yoki Toshkent shahri Nukus ko‘chasida joylashgan turar-joy binosining birinchi qavatidagi yer berilishi mumkin.
«Tadbirkor yangi biznes va mashaqqatlardan qo‘rqmasligi kerak. «Sayohat» restorani istiqbolsiz hududda joylashgani tufayli sizga boshqa variantlar taklif qilinmoqda. Shunga qaramay, tanlov va qaror qilish sizning ixtiyoringizda», — deydi u.
Sobirov bildirilgan takliflardan ko‘ngli to‘lgani, ayni paytda ushbu masalani hamkorlari bilan maslahat qilishini ta'kidladi. Tadbirkor xorijiy hamkorlarini tez orada O‘zbekistonga taklif etishi va ushbu masalada yakuniy qarorga kelishini bildirdi.
Mavzuga oid
19:18 / 19.10.2024
Tamaki ishlab chiqaruvchilar Kanada aholisiga 23,6 mlrd dollar kompensatsiya to‘laydi
18:21 / 14.09.2024
Nyu-Yorkda qullikdan jabr ko‘rganlarning avlodlariga kompensatsiya to‘lash haqidagi qonun qabul qilindi
23:47 / 14.08.2024
X ijtimoiy tarmog‘i noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodimiga 550 ming yevro kompensatsiya to‘laydi
11:50 / 26.03.2024