Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beyl «Real»dan arazladi
Yarimhimoyachi Garet Beyl «Real» tarkibida to‘p tepishdan bosh tortdi. Futbolchi Audi Cup turnirida ishtirok etmaydi.
The Telegraph xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi «Tszyansu Sunin» klubiga o‘tolmay qolganidan darg‘azab bo‘lgan.
Avvalroq xitoyliklar Beylga 22 million yevro maosh, «Real»ga esa transfer uchun 30 million yevro taklif qilishgan edi. Ammo bu Madrid klubi rahbariyatini qoniqtirmadi.
Beyl Zidanning yangi mavsum rejalariga kiritilmagan. Endi u o‘ziga boshqa klub izlashga harakat qiladi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.01.2023
Garet Beyl futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
22:30 / 19.09.2020
Beyl va Regilon «Tottenhem»ga o‘tdi
11:50 / 26.11.2019
Mourino YeChLga qaytmoqda, Zidan «PSJ»dan qasos olmoqchi. Kun o‘yinlari anonsi
12:59 / 02.09.2019