Sport | 20:58 / 31.07.2019
15087
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon chempioni «Spartak» safiga o‘tdi

Dortmundning «Borusiya» klubi hujumchisi Andre Shyurrle Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tdi.

28 yoshli futbolchi 1 yil davomida moskvaliklar tarkibida ijarada o‘ynaydigan bo‘ldi. «Spartak» uni 8 million yevro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ham ega.

Futbolchining Moskvadagi yillik maoshi miqdori 3 million yevroni tashkil qiladi. 

Andre Shyurrle futbolchilik faoliyatida «Mayns», «Bayyer», «Chelsi», «Volfsburg» va «Fulhem» klublarida ham o‘ynagan. 

Germaniya milliy jamoasi tarkibida 57ta o‘yinda maydonga tushib, 22ta gol urgan, terma jamoa bilan 2014 yili Braziliya maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Andre so‘nggi mavsumni «Fulhem»da ijara asosida o‘tkazib, Premer-liga doirasida 24ta uchrashuvda maydonga tushgan va 6ta gol urgandi.

Mavzuga oid