O‘zbekiston | 23:06 / 03.08.2019
14813
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz jurnalistlarni ishga taklif etadi!

Foto: Fotolia

Kun.uz sayti tajribali, o‘z ishini yaxshi ko‘radigan va mas'uliyatli jurnalistlarni ishga taklif etadi. 

1. Saytning mintaqaviy muxbirlik lavozimiga.

Qo‘yiladigan talablar:

- Andijon viloyatida istiqomat qiladigan;

- o‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (qo‘shimcha xorijiy tillarni bilish rag‘batlantiriladi);

- yosh: 25dan 40gacha;

- ish tajribasi: shu sohada kamida 3 yil;

- ishni professional etikaga muvofiq olib borish, tadbir va anjumanlarda ishtirok etib, xabarlar tayyorlash, aholi murojaati bo‘yicha surishtiruv o‘tkazish, maxsus reportajlar tayyorlash;

2. Multimedia materiallarni tayyorlovchi jurnalist lavozimiga.

Qo‘yiladigan talablar:

- Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiladigan;

- o‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (qo‘shimcha xorijiy tillarni bilish rag‘batlantiriladi);

- yosh: 20dan 30gacha;

- ish tajribasi: shu sohada kamida 1 yil;

- ishni professional etikaga muvofiq olib borish, tadbir va anjumanlarda ishtirok etib, multimedia xabarlar tayyorlash, intervyularni tashkil etish va tayyorlash; 

- ijodkorlik va tanqidiy fikrlash, human story tayyorlash;

- Adobe Premiere va Adobe After Effecs dasturlarida ish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

Kun.uz sayti sizga;

- eng zamonaviy texnika vositalarida ishlash imkoniyati;
- shahar markazidagi ofis; 
- rasmiy mehnat shartnomasi;
- oylik ish haqi: 3 mln so‘m va undan yuqori.
- o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun ajoyib imkoniyat va boshqa qulayliklarni taklif etadi. 

Nomzodlardan [email protected] elektron pochta manziliga kichik hajm va erkin tarzda o‘zi haqida bayon etilgan ma'lumotlarni (F.I.Sh., yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir ma'lumotlar – nashr etilgan maqolalardan nusxalar va internetda e'lon qilingan ishlariga havolalar) yuborish so‘raladi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid