Gamper kubogi. «Barselona» so‘nggi daqiqalarda gol urib, «Arsenal»ni mag‘lubiyatga uchratdi
«Barselona» Gamper kubogida «Arsenal»ni mag‘lubiyatga uchratdi. «Kamp Nou»da o‘tgan uchrashuv 2:1 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.
36-daqiqada Obameyang «Arsenal»ni hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa, 69-daqiqada «Barselona» raqib futbolchisi Meytlend-Naylzning o‘z darvozasiga kiritgan goli evaziga oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Suares gol kiritib, mezbonlarga g‘alaba keltirdi.
Gamper kubogi
«Barselona» – «Arsenal» – 2:1 (0:1)
Gollar: 0:1 – Obameyang (36), 1:1 – Meytlend-Naylz (69, avtogol), 2:1 – Suares (90).
«Barselona»: Neto (ter Stegen, 46), Semedu (Vage, 63), Pike (Langle, 46), Umtiti (Todibo, 46), Alba (Miranda, 63), de Yong (Buskets, 46), Rakitich (Alenya, 46), Puch (Roberto, 46), Dembele (Suares, 63), Peres (Rafinya, 46), Grizmann (Kolyado, 79).
«Arsenal»: Leno, Meytlend-Naylz, Papastatopulos (Mustafi, 86), Chembers, Monreal (Kolashinats, 46), Uillok (Sebalos, 72), Djaka (Torreyra, 83), Mxitaryan (Saka, 71), Ozil (Martinelli,73), Nelson (Genduzi, 46), Obameyang (Nketia, 86).
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
14:17 / 06.09.2024
Transfer oynasi sarhisobi: Top-15 klublarning yozgi kampaniyasi reytingi
12:06 / 01.09.2024
Yamal Messidan tezroq, Lukaku maydon o‘yinchisiga gol urdi
12:38 / 30.08.2024