Jahon | 21:23 / 12.08.2019
17074
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Kaspiy dengizida gaz o‘tkazish quvuri qurilishiga qarshi chiqdi

Foto: RIA Novosti

Eron Kaspiy dengizida gaz o‘tkazish quvuri qurilishiga qarshi, chunki bu mintaqa hududi ekologiyasiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda Eronning National Gas Company kompaniyasi vakili Behruz Namdari ma'lum qildi.

"Kaspiy dengizining sharqidan g‘arbiga quriladigan gaz quvuri qurilishi mintaqa ekologiyasiga katta zarar yetkazishi mumkin. Eron uning qurilishiga qarshi chiqadi", - dedi Namdari Kaspiy iqtisodiy forumidagi chiqishida.

U Eron jahon bozoriga gaz yetkazib berish uchun qo‘shnilariga o‘z infrastrukturasi – gaz o‘tkazish quvurlari va terminallaridan foydalanishni taklif qilishini eslatib o‘tdi.

12 avgust kuni Turkmanistonda birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi boshlandi.  

Forumda O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Ozarboyjon, Eron, Bolgariya va boshqa davlatlardan kelgan delegatsiyalar qatnashmoqda.

2018 yil 12 avgustda Qozog‘istonning Aqtau shahrida bo‘lib o‘tgan beshinchi Kaspiy sammitida mintaqa davlatlari rahbarlari Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiyani va 2019 yilda Turkmanistonda birinchi Kaspiy iqtisodiy forumini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy hujjatni imzolashgandi.

Mavzuga oid