Jahon | 15:00 / 16.08.2019
73046
2 daqiqa o‘qiladi

Chimkentda go‘sht eksportini cheklashni so‘rashmoqda. Bu O‘zbekiston tufayli

Foto: Otyrar.kz

Qozog‘istonning Chimkent shahrida go‘sht narxi yana ko‘tarildi, deb yozmoqda Otyrar.kz. Qozog‘istonliklar dasturxonida eng ko‘p talab qilinadigan mahsulotning har kilogrammi 2,5 ming tengegacha chiqib ketgan.

Qayd etilishicha, narxlar jadal o‘sib bormoqda - bir necha hafta ichida go‘sht 300 tengega yoki undan ko‘proqqa ko‘tarilishi mumkin. Sotuvchilar sotuvlar sezilarli darajada tushib ketganidan shikoyat qilishmoqda.

Chimkent hokimligi narxlarning keskin oshishini fermerlar O‘zbekistonga qoramolni ommaviy ravishda olib chiqib ketishni boshlagani bilan izohlashdi - bu yerda uni yanada ko‘proq foyda bilan sotish mumkin.

Rasmiy statistika quyidagicha: 6 oy ichida O‘zbekistonga bir yarim ming boshga yaqin qoramol olib chiqib ketildi. Chimkent bozoriga go‘sht yetkazib berish keskin kamaygan.

«Go‘sht narxining ko‘tarilishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli bizning idoramiz vakolatli organlarga rasmiy xat yubordi. Mol go‘shti eksportini qisqartirish yoki cheklash va ichki bozorni ta'minlash haqida so‘rayapmiz. Hozir bizning murojaatimiz ko‘rib chiqilmoqda», - dedi Chimkent shahar hokimligi tadbirkorlik va innovatsion rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Qayrat Bozorbekov.

Ta'kidlash joizki, bunday holat birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. 2018 yil dekabr oyi oxirida mol go‘shti narxi 1 kilogramm uchun 1400 tengedan 1600 tengega ko‘tarildi. Sotuvchilarning o‘zi buni bozorlarga go‘sht yetkazib berish keskin kamayganligi bilan izohlashgan. Ularning ta'kidlashicha, ulgurji sotuvchilar mahsulotlarning katta qismini O‘zbekistonga olib chiqib keta boshlagan.

Mavzuga oid