Qirg‘izistonda Raisa Atamboyevaga nisbatan jinoiy ish ochilmoqda
Qirg‘izistonda sobiq prezident Almazbek Atamboyevning rafiqasi Raisa Atamboyevaga qarshi jinoiy ish ochilmoqda. Bu haqda Knews xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu haqda uning o‘zi mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosidan xabar bergan. U yerda Almazbek Atamboyevga ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hech qachon siyosat bilan shug‘ullanmagan va sudlarga ishi tushmagan.
«Men hattoki qaysi sud qayerda joylashganini ham bilmayman. Uyimdan mahrum bo‘lishim mumkin, barcha uylar bizdan tortib olinmoqda», - deya ma'lum qildi u.
Ma'lumot uchun, Bishkek shahar sudida sobiq prezident Almazbek Atamboyevga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi bo‘yicha majlis o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Sudyalar Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosida yig‘ilish o‘tkazishga qaror qilishgan.
Bundan oldin, Almazbek Atamboyevga yana ikkita ayblov qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
13:40 / 24.11.2024
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanadi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024