Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy so‘z erkinligini cheklayotganlikda ayblandi
Ukrainaning “Muxolif partiya – Hayot uchun” partiyasi siyosiy kengashi rahbari Viktor Medvedchuk Ukrainada so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarganiga baho berdi.
Uning aytishicha, Ukrainada so‘z erkinligiga amal qilish muammosi tang holatga kelgan. “U avvalgi Poroshenko tuzumidagidan ham yomonlashmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Medvedchuk.
Siyosatchining ta'kidlashicha, so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyatni sobiq prezident Pyotr Poroshenkodan meros deb bo‘lmaydi. “Radioeshittirish milliy kengashi tomonidan ba'zi kanallar va OAVga nisbatan barcha harakatlar hali odamlarga biror narsa qilmagan yangi hukumatning fuqarolarimizga haqiqatni yetkazishi mumkin bo‘lgan mexanizmlarni tortib olishga harakat qilayotganining isbotidir”, deb ta'kidlab o‘tgan Medvedchuk.
Uning aytishicha, amaldagi prezident Vladimir Zelenskiy axborot hududini tozalab, “hukumatga yoqishga harakat qiladigan OAVni” qoldirishga urinmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025