Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi 146 ta mahallada jinoyatchilik holati oshgan
Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida O‘zbekistondagi mavjud 9 ming 98 ta mahallaning 1 ming 217 tasida jinoyatchilik holati oshgan va ushbu yig‘inlarning 146 tasi Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Tahlillarga ko‘ra mazkur viloyatda kuzatilgan jinoyatlarning 347 tasi ishsizlik sabab ro‘y bergan. Hududda atigi 6 foiz ishsizlar bandligi ta'minlangan. Natijada 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 taga ko‘paygan.
Bu haqda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi, Ichki ishlar vazirligi va “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilgan “Oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda keksa avlod vakillarining o‘rni” mavzuidagi seminarda ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda “Kun.uz” muxbiri.

Tadbirda ta'kidlanishicha, farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi ota-onalar Respublika miqyosida 4,5 ming nafarga yaqinni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan qariyb ming nafarga kamaygan. Ammo Toshkent viloyatida bunday oilalar soni 127 taga ortgan. Bekobod, Olmaliq, Yangiyo‘l, Nurafshon shaharlari va Parkent, Quyi Chirchiq tumanlarida noqobil oilalar ko‘pligi oydinlashgan va ular ro‘yxatga olingan. Achinarlisi, hududlarda kuzatilayotgan jinoyatlarning aksariyati mana shunday oila vakillari tomonidan sodir etilyapti.

Respublika mahallalar kengashi raisi o‘rinbosari Botir Parpiyevning aytishicha, ko‘plab MFY va boshqa mas'ullar tomonidan oilalardagi nizolar yuzaki ko‘rib chiqilmoqda. Aholi bilan yakka tartibda kam suhbatlar o‘tkazilishi, profilaktik choralar ko‘rilmasligi, oilalardagi muhitni o‘rganish uchun mutasaddilarda muammoli oilalar bilan ishlash bo‘yicha bilim va malakaning yetarli emasligi tufayli turli salbiy holatlar yuzaga kelmoqda.

Seminarda oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashda barcha tashkilot mas'ullari o‘zaro hamkorlikda ishlashi, bu borada keksa avlod vakillari tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi alohida qayd etildi.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025