Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Audi»dagi 105 kunlik «bayram» tugadi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Tadbir davomida xorijiy fuqaro S.N. tomonidan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining «Oybek» chegara bojxona posti orqali qaytarib olib chiqish majburiyati bilan mamlakatimizga olib kirilgan «Audi» rusumli avtomashinani fuqaro S.A. o‘z ehtiyojlari yuzasidan noqonuniy tarzda boshqa davlat raqami belgisini taqib olib haydab yurgani ma'lum bo‘ldi.
Qonunbuzar fuqaro majburiyatnoma talablariga zid ravishda avtomashinani 105 kun mamlakat hududida noqonuniy tarzda boshqarganligi va natijada 27 million so‘m miqdorda bojxona to‘lovlarini to‘lamaganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
13:58 / 01.06.2022
O‘zbekistonga bir kunda qancha noqonuniy tovar kirib kelishini bilasizmi?
16:02 / 26.04.2022
Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:04 / 10.04.2022
Toshkentda qalbaki 6900 dollarni sotmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi
20:37 / 18.11.2021