O‘zbekiston | 16:02 / 26.04.2022
13782
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Otabek Choriyev bojxona qo‘mitasiga qaytdi.

Foto: Kun.uz

Otabek Choriyev Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda telegramdagi Nigoh kanali xabar bermoqda.

Otabek Choriyev 1974 yilda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida tug‘ilgan, 1996 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injyenerlari instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

1996 yildan Davlat bojxona qo‘mitasi tuzilmalarida turli lavozimlarda ishlagan, xususan, qo‘mitaning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, bojxona xizmati polkovnigi unvoniga ega.

2021 yil aprel oyida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Otabek Choriyev 2005 yilda «Shuhrat» medali, 2020 yilda «Mardlik» ordenlari bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil aprelidan buyon bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan O‘tkir Qodirov 2022 yil aprelida Qashqadaryo viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid