Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xalq ta'limi xodimlari oylik ish haqi oshiriladi
O‘zbekistonda xalq ta'limi xodimlari oylik ish haqi oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Bir haqiqatni to‘g‘ri anglab olishimiz kerak - maktab o‘qituvchisini moddiy rag‘batlantirmasak, uning hayot sifati darajasini oshirmasak, hech qanday islohot haqida gapira olmaymiz.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi (Aripov, Abduhakimov), Moliya vazirligi (Ashrafxonov), Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov) Xalq ta'limini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida ikki oy muddatda 2020 yilda xalq ta'limi xodimlari oylik ish haqini oshirish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Bunda, mahalliy hokimliklar tomonidan olis qishloqlarda joylashgan maktablarga o‘qituvchilarni jalb etishni yanada rag‘batlantirish uchun ularga uy-joylar, avtotransport uchun kreditlar berish, uning moliyaviy manbalarini belgilash choralari nazarda tutilsin», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025