Sport | 00:00 / 25.08.2019
14159
1 daqiqa o‘qiladi

La Liga. Gvardiolaning goli «Real»ni g‘alabadan mahrum qildi

Ispaniya chempionatida 2-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. O‘z maydonida «Valyadolid»ni qabul qilgan «Real» kutilmaganda ochko yo‘qotdi.

Zidan shogirdlari uchun murakkab o‘tgan o‘yinning 82-daqiqasida Karim Benzema hisobni ochgandi, ammo «Valyadolid» 88-daqiqada Serxio Gvardiolaning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Bu durangdan so‘ng har ikki jamoaning ochkolari 4taga yetdi.

Real Madrid – Valyadolid 1:1
Gollar: Benzema (82) – Gvardiola (88).
Real Madrid: Kurtua, Marselo, Karvaxal, Varan, Ramos, Kroos, Kazemiro, Xames (Vinisius Junior, 57), Isko (Yovich, 68), Beyl, Benzema (Vaskes, 89).
Valyadolid: Masip, Olivas, Moyyano (Valdo Rubio, 59), Nacho Martines, Porro (Antonito, 80), Michel, San-Emeterio (Anuar, 84), Salisu, Unal, Gvardiola, Plano.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid