Fan-texnika | 20:11 / 28.08.2019
37348
2 daqiqa o‘qiladi

BMW dunyodagi eng qora qoplamaga ega avtomobilni taqdim qildi

Foto : Motor1

BMW kompaniyasi yorug‘likni 99 foizga yutuvchi maxsus bo‘yoq bilan qoplangan X6 kupe-krossoverini ishlab chiqardi. Bu qoplama bugungi kunda dunyodagi eng qora qoplama hisoblanadi. Bu haqda Motor1 nashri yozdi.

2020 yilgi BMW X6’ning yangi suratlari krossoverning taqdimoti oldidan e'lon qilingan. Taqdimot sentyabrda Frankfurtdagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi.

Mashinaning qoplamasi Vantablack VBx2 deb atalib, u mashinani dunyodagi eng qora mashinaga aylantirgan.

Bunday qora qoplama g‘oyasi maksimal ilg‘anmaydigan modelni yaratishdan iborat bo‘lgan. Ushbu qora qoplama mashinaning stili ilg‘anishini murakkablashtiradi. 

Qoplama suratlarda yangi modelning biror-bir detallarini ko‘rishga imkon bermaydi. Transport vositasi chiroqlari va bir nechta qismlaridan tashqari, qora bo‘shliqdek ko‘rinadi.

Mashinaning o‘ziga kelsak, u 3 litrli 335 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi. Dvigatel bilan birga 8-pog‘onali “avtomat korobka” ishlaydi.   

Mavzuga oid