Jahon | 20:00 / 28.08.2019
3959
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada yomg‘irlar tufayli 850 ming kishi evakuatsiya qilinadi

Foto : AP Photo / Shizuo Kambayashi

Yaponiya hukumati mamlakatning 3 ta g‘arbiy prefekturasidan yomg‘irlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘chki va toshqinlar xavfi sababli 850 mingga yaqin odamni evakuatsiya qilishga qaror qildi. 

Evakuatsiya haqidagi ko‘rsatmani Saga, Fukuoka v Nagasaki prefekturalari aholisi olgan. 14 ta shaharda 355 mingdan ko‘proq uy vayron bo‘lish xavfi ostida qolgan.

Ob-havo mutaxassislari ushbu prefekturalarda 28 avgust kuni 500 mm dan ko‘proq yog‘ingarchilik tushishini ma'lum qilishgan. 

Yomg‘irlar transport aloqasini izdan chiqargan: ba'zi poyezdlar bekor qilingan. Shuningdek, turli joylarda 3 kishi halok bo‘lgan.  

Yaqin kunlarda Kyusyu oroli shimolida va Tokiogacha bo‘lgan hududlarda kuchli yomg‘irlar kutilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid