Sport | 14:38 / 01.09.2019
1588
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tadi

Foto: Grigoriy Sysoyev

5-10 sentabr kunlari Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha ikkita yirik xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. 5-8 sentyabrda shpaga va rapira ustalari o‘rtasida “FIYe Satellite” sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 

Musobaqada O‘zbekiston vakillari bilan bir qatorda Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Italiya, Singapur, Malayziya, Filippin, Braziliya, Turkiya, Gruziya, Xitoy, Afg‘oniston, Ozarboyjon, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston vakillari ishtirok etishi kutilmoqda

Musobaqalar Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan. Musobaqada O‘zbekistonni 50 ga yaqin sportchi bildirishi kutilmoqda. 

Musobaqa yakunidan keyin, ya'ni 9-10 sentyabrda Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi ochiq chempionati o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston va Malayziya sportchilari ishtirok etadi.

Musobaqalar Gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida bo‘lib o‘tadi.

Bugungi kunda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi bosh qarorgohi Shveytsariyaning Lozanna shahrida joylashgan. Uning tarkibiga 153 ta milliy federatsiya kiradi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid