Jahon | 15:39 / 02.09.2019
9902
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning bosh harbiy prokurori lavozimidan bo‘shatildi

Foto: matios.info

Ukraina bosh prokurori Ruslan Ryaboshapka bosh harbiy prokuror Anatoliy Matiosni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda "Ukrainskaya pravda" nashri xabar bermoqda.

Nashrda keltirilgan hujjatga ko‘ra, "Matios bosh harbiy prokuror lavozimidan ozod qilingan, Ukraina bosh prokuraturasi shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan".

Shuningdek, Matios kelgusidagi harbiy xizmatni o‘tashi masalasi hal qilinishi uchun mudofaa vazirligiga yo‘naltiriladi.

Anatoliy Matios 2014 yil avgustda Ukraina bosh harbiy prokurori etib tayinlangandi.

Mavzuga oid