Jamiyat | 12:09 / 03.09.2019
13480
2 daqiqa o‘qiladi

Piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida joriy yil 1 sentabr kuni soat 22:15larda noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Xomkon mahallasi hududida haydab ketayotib piyoda, shu mahallada yashagan, Termiz davlat universiteti 1-kurs talabasi 19 yoshli Z.S.ni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Z.S. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini “To‘lqin” MFYda yashovchi 25 yoshli A.N. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, avtomashina Navro‘z mahallasi hududidan topilgan. A.N.ni ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi IIV xabarida.

Mavzuga oid