Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple o‘g‘irlangan iPhone’larni yaroqsiz holga keltirdi
Iphone ko‘plab foydalanuvchilar uchun orzudagi smartfon bo‘lib, uni o‘g‘irlashdan hech qanday ma'no yo‘q. Buni esa Apple do‘konidan 300 ming dollardan ko‘proq summaga smartfonlarni o‘margan o‘g‘rilar isbotlashdi.
Ubergizmo portalining xabar qilishicha, bu voqea Avstraliyaning Pert shahrida yuz bergan. iPhone’larni o‘g‘rilashga kuch va vaqt sarflagan o‘g‘rilar, ko‘rinishicha, Apple’da keskin xavfsizlik choralari mavjudligidan bexabar bo‘lganlar.
O‘g‘rilik sodir etilgani ma'lum bo‘lishi bilanoq kompaniya o‘g‘irlangan qurilmalarni bloklagan va ularni yaroqsiz holga keltirgan. O‘marilgan gadjetlarni endi faqat ehtiyot qismlarga sotish mumkin, biroq bu bir necha marotaba arzonga aylanadi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, foydalanuvchilar smartfonlarni qora bozorda sotib olib, yaroqsiz qurilmani xarid qilish xavfi ostida qoladilar. Chunki qurilmaning avvalgi egasi uni internet orqali bloklab qo‘yishi mumkin.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025