Qanday hollarda O‘zbekiston fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin?
Qonunchilikka ko‘ra, ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi eslatma bilan chiqdi.
Ushbu holatlar sirasiga quyidagilar kiradi:
shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma'lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa;
agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;
agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa.
Chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan shaxs ushbu fakt haqida 30 kun ichida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlariga yoki chet eldagi konsullik muassasalariga xabar berishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotiladi.
Bundan oldin, 1150 kishi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishi mumkin ekani, ularning ro‘yxati e'lon qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:44 / 03.09.2024
Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari vakillariga fuqarolik berishni to‘xtatish taklif etildi
13:25 / 22.08.2024
Ukrainada ko‘ngillilarga fuqarolikni berish soddalashtirildi
08:32 / 01.08.2024
Rossiyada yangi fuqarolar harbiy xizmat uchun ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi
09:27 / 27.05.2024