Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi portlashda 14 kishi jabrlandi
Germaniyaning Froydenberg shahridagi Backesfest xalq saylida yuz bergan portlash oqibatida 14 kishi jarohat oldi. Ulardan 6 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir deya baholanmoqda, deb xabar berdi Focus-online nashri.
Voqe vaqtida yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash qizigan yog‘ solingan tovaga suv tushishi sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin. Politsiya gaz portlashi ehtimolini istisno qilmoqda.
Voqea tergov qilinmoqda. Jarohatlanganlar vertolyotlarda Rur viloyati va Kyolndagi shifoxonalarga yetkazilganlar.
Backesfest pishiriqlar festivali bo‘lib, unda mahalliy novvoylar mehmonlarni turli non mahsulotlari bilan mehmon qilishadi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
12:20 / 27.05.2025