O‘zbekiston | 10:30 / 08.09.2019
42012
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 38-sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. 

Yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi v.b. Rustam Xolmatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimi Shuhrat Mirxodiyev ishtirok etishdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qilishicha, Kamoliddin Shermatov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Kamoliddin Shermatov 1974 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Foto: Telegram / @ToshkentViloyatiHokimligi

1996 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, 2002 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik instituti, 2006 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘ycha muhandis-iqtisodchi, agronom, huquqshunos.

Kamoliddin Shermatov mehnat faoliyatini Samarqand qishloq xo‘jalik institutida «Kamolot» jamg‘armasi raisi vazifasidan boshlagan. 

U o‘z faoliyati davomida Qishloq va suv xo‘jaligi hududiy boshqarmalari va vazirligida turli lavozimlarda, Respublika O‘simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasida boshliq o‘rinbosari, Chinoz tumani hokimi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlagan.

Mavzuga oid