O‘zbekiston | 10:32 / 12.09.2019
25690
2 daqiqa o‘qiladi

Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydigan hollar ro‘yxati to‘ldirildi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 283-moddasiga (Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydigan hollar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritildi:

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirildi:

«Ushbu Kodeksning 193-moddasida (Deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish - tah.) nazarda tutilgan deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlari buzilgan taqdirda, tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyatlari ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘zining arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati haqidagi ma'lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma'lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega»;

beshinchi qismi (Ushbu Kodeksning 197-1-moddasida (Advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish - tah.) nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilingan taqdirda, advokat ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzmasdan o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma'lumotlarni ko‘rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega) oltinchi qism deb hisoblanadi.

Mavzuga oid