Jahon | 20:20 / 15.09.2019
4906
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Aramco zavodiga hujum neft eksportiga ta'sir ko‘rsatmasligini ma'lum qildi

Saudiya Arabistonidagi yirik neftni qayta ishlash zavodi Saudi Aramco’ga uyushtirilgan dronlar hujumi mamlakatning neft eksportiga ta'sir qilmaydi. Bu haqda mamlakat televideniyesida o‘qib eshittirilgan hukumat bayonotida aytildi. 

«Bu hujum sabab mamlakat eksporti kamayib yoki to‘xtab qolmaydi. Saudi Aramco bundan keyin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday favqulodda holatga tayyor bo‘lish choralarini ko‘rmoqda», deyiladi bayonotda.

Oldinroq dronlar hujumi sabab Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdul Aziz bin Salmon mamlakatning neft qazib olish hajmi 50 foizga qisqarganini aytgandi. 13 sentyabrdan 14 sentyabrga o‘tar kechasi Saudiyaning ikki yirik neftni qayta ishlash zavodiga dronlar yordamiga hujum qilingan, Yamandagi husiychilar ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.

Akbaykedagi zavodda ko‘plab xorijlik mutaxassislar faoliyat yuritishi sabab G‘arb nashrlari bu hujumga jiddiy qarashga undamoqda.

Mavzuga oid