Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida otishma yuz berdi, bir harbiy halok bo‘ldi
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida otishma yuz berdi, qirg‘izistonlik bir harbiy halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi Qirg‘iziston davlat chegara xizmati.
Xabarda aytilishicha, birinchi bo‘lib tojik tomoni Qirg‘izistonning "Maksat" chegara posti, so‘ngra "Say" chegara posti tomon o‘q uzgan.
"21.30da otishma to‘xtagan. Qirg‘iziston va Tojikiston chegara xizmatlari vakillari voqeaning keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda", - deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, hodisaga Tojikiston fuqarolari davlat chegarasining belgilanmagan uchastkasida qurilish ishlarini boshlashlari sabab bo‘lgan. Bunga javoban Qirg‘iziston fuqarosi xuddi o‘sha joyda uyi atrofiga devor urishni boshlagan.
"19.30larda tojik harbiylari Qirg‘iziston fuqarosidan agressiv tarzda qurilishni to‘xtatishni talab qilishgan, o‘rtada dahanaki jang kelib chiqqan va otishmaga aylangan", - deyiladi Qirg‘iziston chegara xizmati tomonidan.
Mavzuga oid
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024