O‘zbekiston | 16:10 / 18.09.2019
28941
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 17 sentyabrdagi 4457-sonli qarori bilan Abdimuxtor Ergashevich Ergashev moliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abdimuxtor Ergashev 1977 yil Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2000 yil Termiz Davlat Universitetini, 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2009 yil O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

2010-2017 yillarda Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste'mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti qishloq xo‘jaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish sho‘'basi fermerlikni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi, 2017-2018 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

A. Ergashev 2018 yildan beri O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Bundan oldin, Ahadbek Haydarov moliya vazirining o‘rinbosari, Bahrom Ashrafxonov Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid