Jamiyat | 22:03 / 20.09.2019
24441
2 daqiqa o‘qiladi

Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi

20 sentyabrda Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Sessiyada viloyat hokimi To‘ra Bobolov, tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Qudbiyev ishtirok etgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Asqarali Choriyevich Jo‘rayev Boysun tumani hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan shu kungacha Boysun tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan O‘ktam Ismoilovich To‘rayev Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Ma'lumot o‘rnida: O‘ktam To‘rayev 1979 yilning 25 oktyabrida Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universiteti, 2002 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 

U 2017 yilda Boysun tumani hokimi etib tayinlangunga qadar Muzrabot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid