O‘zbekiston | 14:16 / 21.09.2019
186478
2 daqiqa o‘qiladi

Otabek Umarov qizining tug‘ilgan kunidagi niyati o‘ziga saboq bo‘lganini bildirdi

Foto: Instagram /Otabek Umarov

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov Instagram’dagi sahifasida qizining tavallud kuniga bag‘ishlangan post qoldirdi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Otabek Umarov (@otabek_muhammadalievich) on

Uning aytishicha, qizi Ma'rifatxon tavallud ayyomini 21-son mehribonlik uyida o‘tkazish istagida ekanini bilganidan hayratga tushgan.

«Tug‘ilgan kuni arafasida qizim meni hayron qoldirdi. Farzandim tavallud ayyomini 21-son mehribonlik uyida o‘tkazish istagida ekani meni nihoyatda mamnun etdi. 

Ma'rifatxonning bu niyati menga saboq berdi va sergaklantirdi. Yaxshilik ulashish istagi biror bir jadval yoki taqvimdagi qizil sana emas, balki qalb va yurak amri bilan yuzaga chiqishi lozim. 

Yonimizda ezgulikka muhtoj insonlar borligini aslo unutmaylik», - deb yozadi Otabek Umarov.

Mavzuga oid