O‘zbekiston | 15:44 / 21.09.2019
10543
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda «Ochiq janub» biznes forumi boshlandi

Termizda «Ochiq janub» xalqaro biznes forum boshlandi. Ikkinchi marta o‘tkazilayotgan ushbu forumda 20 mamlakatdan 170 dan ortiq investor va korxonalar qatnashmoqda. O‘tgan yil o‘tkazilgan birinchi «Ochiq janub» forumida qishloq xo‘jalik, qurilish va tekstil mahsulotlari  ishlab chiqarish hamda eksport qilish bo‘yicha umumiy hajmi 351 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 47 ta investitsion, shuningdek umumiy hajmi 214 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 44 tashqi savdo shartnomalari imzolangan.

2018/19 yillar davomida ushbu forum doirasida imzolangan shartnomalar orqali Surxondaryo viloyatida 100 million AQSh dollaridan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Joriy yilgi biznes forumida ishtirokchilar soni yanada oshgani hisobiga shartnomalar miqdori ham ko‘payishi kutilmoqda.

Termizda bo‘lib turgan Kun.uz muxbiri biznes forumda qatnashmoqda. Quyida biznes forum doirasida tashkil qilingan ko‘rgazmadan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid