Jamiyat | 19:51 / 25.09.2019
12657
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Tasanno-2019» xalqaro milliy taomlar festivali o‘tkazildi (foto)

24 sentabr kuni Toshkentdagi Lotte City Hottel Tashkent Palace mehmonxonasida «Tasanno-2019» xalqaro milliy taomlar  va madaniyatlar festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Festivalda turli xalqlarning milliy taomlari, madaniyat va san'at namunalari namoyish qilingan.

«O‘zbekistonda millatlararo tinchlikni ta'minlashda bu kabi festivallarni o‘rni katta. Sababi, turli millat vakillari tomonidan bir-birining urf-odatlarini o‘rganish, madaniyati va san'ati bilan tanishish ular o‘rtasida o‘zaro hurmatning oshishiga ham xizmat qiladi.

E'tibor bergan bo‘lsangiz, festivalda turli millat vakillari xuddi bir oila vakillaridek, xursandchilik bilan ishtirok etmoqda», deydi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari G‘ayrat Shukurov.

Foto: Hakim Yo‘ldoshev/«Xalq so‘zi»
Foto: Hakim Yo‘ldoshev/«Xalq so‘zi»
Foto: Hakim Yo‘ldoshev/«Xalq so‘zi»
Foto: Hakim Yo‘ldoshev/«Xalq so‘zi»

Festival yakunida hakamlar hay'ati ishtirokchi davlat elchixonalari tomonidan qilingan ko‘rgazmalarni baholadi. Unga ko‘ra, Xitoy elchixonasi 3-o‘rin, Isroil elchixonasi 2-o‘rin, Latviya elchixonasi 1-o‘rin va Indoneziya elchixonasi festival g‘olibi sifatida Gran-priga sazovor bo‘ldi.

Foto: Hakim Yo‘ldoshev/«Xalq so‘zi»
Foto: Hakim Yo‘ldoshev/«Xalq so‘zi»
Foto: Hakim Yo‘ldoshev/«Xalq so‘zi»

Ma'lumot uchun, «Tasanno» xalqaro milliy taomlar  va madaniyatlar festivali 2004 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.

Mavzuga oid