Jamiyat | 09:07 / 28.09.2019
8875
2 daqiqa o‘qiladi

«Norin» daryosi orqali mahsulotlar olib o‘tish qing‘ir rejasiga chek qo‘yildi

Bojxonachilar mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan mahsulotlarini noqonuniy olib kirish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida fuqaro M.G‘ qo‘shni mamlakatdan noqonuniy ravishda “Norin” daryosi orqali olib o‘tilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 36 million so‘mlik 4586 dona cho‘g‘lanma lampalar, 4 dona televizor va boshqa xo‘jalik mahsulotlarini qabul qilib olayotganda to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid