Sport | 22:10 / 28.09.2019
9889
1 daqiqa o‘qiladi

Qamoqdan chiqqan Mamayev «Rostov» bilan shartnoma imzoladi

«Krasnodar»ning sobiq yarimhimoyachisi Pavel Mamayev faoliyatini «Rostov» klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

31 yoshli futbolchi rostovliklar bilan «2+1» sxemasida shartnoma imzoladi. Futbolchi «Dinamo»ga (3:0) qarshi o‘yindan so‘ng «Rostov» muxlislariga tanishtirildi.

Eslatib o‘tamiz, Mamayev 2018 yil oktyabrida Moskvada ikkita mushtlashuvda ishtirok etib, 1 yilu 5 oy qamoq jazosiga hukm qilingan, joriy yil sentyabrida esa shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan edi

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid