Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kokorin va Mamayev qamoqxonada ish bilan ta'minlandi
«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev ahloq tuzatish koloniyasidagi tikuvchilik sexida ishlaydigan bo‘lishdi.
«Rossiya-1» telekanali xabariga ko‘ra, futbolchilar jazo muddatini o‘tash davrida haftasiga 6 kun, 8 soat davomida ishlaydilar. Ular bir martalik foydalaniladigan kostyumlarni o‘rash bilan shug‘ullanishadi.
Kokorin va Mamayevga 11 280 rubl (taxminan 170 dollar) miqdorida maosh to‘lanadi. Barcha soliqlar chiqarib tashlangach, ularning qo‘lida 9300 rubl (taxminan 140 dollar) qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Kokorin va uning ukasi Kirill, Mamayev va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy 2018 yil 8 oktabr kuni Moskva markazida 2ta mushtlashuvda ishtirok etib, Minpromtorg mulozimi Denis Pak va haydovchi Vitaliy Solovchukni do‘pposlashgan edi.
8 may kuni Moskvaning Presnya sudi aka-uka Kokorinlarni 1 yilu 6 oy, Mamayev va Protasovitskiyni 1 yilu 5 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi.
Mavzuga oid
01:16 / 22.01.2020
Yana Kokorin. «Sochi» uni ijaraga olganini e'lon qildi, hujumchining o‘zi va Semak bu xabardan hayron
22:10 / 28.09.2019
Qamoqdan chiqqan Mamayev «Rostov» bilan shartnoma imzoladi
11:47 / 17.09.2019
Video: Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev ozodlikka chiqishdi
12:16 / 06.09.2019