Iqtisodiyot | 20:50 / 01.10.2019
6953
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan 2019 yil 1 oktabr kuni O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis Senati a'zolari, Rossiya federatsiyasi Federal majlisi Federatsiya kengashi a'zolari ishtirok etishdi.

Ushbu majlisda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha «yashil yo‘lakcha» tizimi yo‘lga qo‘yilgani, bu esa o‘z navbatida O‘zbekistonda yetishtirilgan ho‘l va quritilgan meva-sabzavotlar hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridagi xaridorlariga yetkazib berish jarayonini tezlashtirishga, mahsulot hajmini oshirishga imkon bergani ta'kidlab o‘tildi.

Tadbirda O‘zbekistonda biznes yuritish sharoiti yaxshi tomonga o‘zgarayotgani ham qayd etib o‘tildi. Misol uchun, ko‘plab tovarlar pozitsiyalari bo‘yicha O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun aksiz soliqlar pasaytirilgan, bir qator pozitsiyalar bo‘yicha esa bunday soliq butunlay bekor qilingan. Shuningdek, milliy valuta konvertatsiyasi joriy etilgani, eksportchilarning valutadagi foydani majburiy sotish bekor qilingani masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Savdo sanoat palatasi raisi Adham Ikramov

O‘zbekistonning eksport salohiyati o‘sib borayotgani sabablaridan biri sifatida O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib berilayotgan meva-sabzavotlarni bojxona va fitosanitar nazorati soddalashtirilgani ta'kidlandi.

Tadbirda ikki davlat o‘rtasidagi 2019 yil birinchi yarim yilligi tovar aylanmalari o‘tgan yilgiga nisbatan sezilarli oshgani ham qayd etildi. 

Tadbir davomida ikki davlat kompaniyalari o‘rtasida kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov va Oliy Majlis Senati Raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham nutq so‘zladi.

Sodiq Safoyev
Ilyas Magomed-Salamovich Umaxanov

Safoyev ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borayotganiga to‘xtalib, Rossiyaning 1,5 mingta kompaniyasi o‘z sarmoyalari bilan ishtirok etayotgani, 2019 yilning 9 oyidagi ko‘rsatkichlar 10 foizga ortib, 4 milliard dollarni tashkil etgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi esa 9 milliard dollardan oshganini ma'lum qildi.

Senat raisi o‘rinbosari o‘z nutqida ikki tomonlama aloqalar faqatgina savdo sohasida cheklanib qolmasdan, bu hamkorlik strategik sheriklik ekaniga ham urg‘u berib o‘tdi.

Mavzuga oid