O‘zbekiston vakilasi sharqona shirinliklar tayyorlash chempionatida g‘olib bo‘ldi
Turkiyaning Izmirida sharqona shirinliklar tayyorlash bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi. Unda 11 ta davlatdan, jumladan Turkiya, Jazoir, Ozarboyjon, Tunis, Misr va Livandan qandolatchilar jamoalari musobaqalashishdi.
Chempionatda O‘zbekiston oshpazlari uyushmasi jamoasi ham qatnashdi.
Qandolatchilar 3 kun davomida o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi. Chempionatni mezbon jamoa vakillari milliy shirinliklardan badiiy kompozitsiyalar yaratib boshlab berishdi.
2-kun yakka va jamoaviy musobaqalar bo‘lib o‘tgan. 3-kun esa chempionat ishtirokchilari 3 ming metrlik tort tayyorlab, rekord o‘rnatish maqsadida birlashishdi.
E'tiborlisi, chempionat yakunlariga ko‘ra bosh sovrin – gran-prini O‘zbekiston vakili, uyushma qoshidagi Xalqaro o‘zbek pazandachilik san'ati markazi bitiruvchisi Xilola Abzalova qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
15:25 / 05.02.2024
Odam shakarsiz yashay oladimi?
00:32 / 04.12.2022
Turkiyaning birinchi uchuvchisiz qiruvchi samolyoti sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
00:54 / 03.12.2022
Turkiyalik sharhlovchi JCh-2022 o‘yini tanaffusida efirdan chetlatildi
11:10 / 28.11.2022