Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salvadorda o‘ndan ko‘proq politsiyachi 48 ta qotillik uchun qo‘lga olindi
Dunyoning eng xavfli davlatlaridan hisoblangan Salvadorda 14 nafar amaldagi va 4 nafar sobiq politsiyachi 48 ta qotillikni sodir etgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Raul Melara ma'lum qildi.
“Biz a'zolari 48 ta qotillikni sodir etishda va Morasan, San-Migel departamentlarida jinoiy guruh tashkil etishda aybdor bo‘lgan jinoiy tarmoq faoliyatiga chek qo‘ydik. Uning tarkibiga 14 nafar amaldagi va 4 nafar iste'fodagi politsiyachi kirgan, ularning barchasi qo‘lga olindi”, deb ma'lum qilgan bosh prokuror.
Jinoyatchilar o‘z qurbonlari uylariga tintuv qilish vaji ostida kirib borishgan.
Salvador Lotin Amerikasining jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan davlatlaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025