Ozarboyjon prezidenti BMT xavfsizlik kengashini tanqid qildi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘dagi vaziyat sababli BMT Xavfsizlik kengashini tanqid qildi.
“BMT Xavfsizlik kengashi Qorabog‘ bo‘yicha 4 ta rezolyutsiya, jumladan bosib olingan hududlardan arman kuchlarining zudlik bilan va so‘zsiz olib chiqilishini talab qiluvchi rezolyutsiyalarni qabul qilgan, biroq ular 25 yildan ko‘proq vaqtdan beri bajarilmayapti. Va shu yerda biz qabul qilingan qarorlar bajarilishi borasida muhim savolga kelmoqdamiz. BMT Xavfsizlik kengashi eng oliy xalqaro organ. Agar Xavfsizlik kengashi qabul qilgan qarorlar 25 yildan beri bajarilmayotgan bo‘lsa, unda bu tashkilotning samaradorligi borasida ko‘plab savollar tug‘iladi. Bizni Ozarboyjonda rezolyutsiyalar bajarilishining tanlanma xarakteri tashvishlantiradi”, deb aytgan Aliyev “Valday” Xalqaro munozaralar klubi yig‘ilishida.
Ozarboyjon prezidentining ta'kidlashicha, BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyalari ba'zida bir necha kun ichida bajariladi, ba'zida esa ular harbiy harakatlar amalga oshirish uchun umuman talab qilinmaydi. “Bizning vaziyatda esa rezolyutsiyalar faqat qog‘ozdagina qolmoqda”, deb aytgan Aliyev.
Qorabog‘dagi mojaro 1988 yil fevralda Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati Ozarboyjon tarkibidan chiqishini e'lon qilgandan keyin boshlangan. 1991 yil sentyabrda avtonom viloyat markazi Stepanakertda Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tashkil etilgani e'lon qilingan. Ozarboyjon hukumati keyin yuz bergan harbiy ixtilof vaqtida viloyat ustidan nazoratni qo‘ldan chiqargan.
Mavzuga oid
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
22:20 / 08.11.2024
Qorabog‘ safari: Jafokash Fuzuliy va yangilanayotgan Zangilon
15:58 / 01.11.2024