Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Sifatsiz dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlari salomatlikka jiddiy xavf tug‘dirishi shubhasiz. Chunki, turli sharoitda va belgilangan me'yorlarga rioya qilinmagan holda tashiladigan dori vositalari shifo o‘rniga kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.
Afsuski, yuqoridagi oddiy haqiqatdan ko‘z yumgan ayrim kimsalarni yurtdoshlarimizning salomatligidan ko‘ra, mo‘may daromad ko‘proq qiziqtiradi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX chegara qo‘shinlari xodimlari Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida noqonuniy dori vositalarini kirib kelishini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida qo‘shni mamlakat fuqarosi I.Yo. Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida joylashgan davlat chegarasi yaqinida shubhali yuklar olib ketayotgan vaqtida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirildi.
Natijada, ushbu shaxs yuklari orasida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati taxminan 75 million so‘mlik 16 xil turdagi 6369 dona dori vositalarni noqonuniy daromad olish maqsadida olib ketayotgani ma'lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025