Toshkent viloyati IIB boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, podpolkovnik Abdijabbar Allayorovich Rasulov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Shuningdek, Buxoro viloyatining ikki tumanida IIB boshliqlari o‘zgargan.
Podpolkovnik Niyoziy Hamidovich Boltayev Peshku tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallagan.
Podpolkovnik Baxtiyor Azimovich Egamberdiyev Jondor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish boshlagan.
Bundan tashqari, yana uchta viloyatda joylashgan uchta tumanga IIBning yangi boshliqlari tayinlangan.
Podpolkovnik Baxtiyor Rahimovich Najimitdinov Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Mayor Elyor Bahodirovich Ahmedov Jizzax viloyati Paxtakor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Mayor Zahiriddin Sadriddinovich Sobirov Sirdaryo viloyati Shirin shahri ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024