Tramp Turkiya va kurdlarni IShID jangarilarining qochishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya va kurdlarni IShIDning panjara ortida ushlab turilgan jangarilarining qochishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
“AQSh IShIDning eng ashaddiy jangarilarini ushlab turibdi. Turkiya va kurdlar ularning qochishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Yevropa ularni qaytarib olishi kerak edi. Ular buni hozir qilishlari lozim. Ular hech qachon AQShga kelolmaydi, ularni bu yerga qo‘yishmaydi”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Avvalroq yuzlab mahbus jangarilar Anqaraning harbiy amaliyoti ortidagi sarosimadan foydalanib kurdlar nazoratidagi turmalardan qochgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.
Shuningdek, jangarilar oilalarining 700 ga yaqin a'zosi vaqtinchalik lagerlardan qochgan. Gap Ayn-Iso, Kobani, Hasaka va Qamishli shaharlaridagi turmalar va vaqtinchalik saqlash markazlari haqida bormoqda.
Ta'kidlanishicha, bu joylarda 11 mingga yaqin kishi, jumladan 9 ming suriyalik va iroqlik hamda 50 ta davlatdan 2 mingga yaqin jangari ushlab turilgan.
Mavzuga oid
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024