Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20,8 kilogramm marixuana saqlanayotgan xonadon fosh etildi
Bojxona organlari tomonidan yirik miqdordagi giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Termiz shahrida tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida fuqaro X.B. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxsning egnidagi kiyimlari cho‘ntaklarida o‘n to‘rt dona qog‘oz parchalariga o‘ralgan 18,43 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro X.B.ning ko‘rsatmasiga asosan, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Sh.ning xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv jarayonida hovli tomorqasida 1 tup nasha giyohvandlik o‘simligi parvarishlanayotganligi hamda yordamchi xo‘jalikda polietilen qoplar va gugurt kutilarida umumiy og‘irligi 20 kilogramm 825 grammni tashkil etuvchi “marixuana” giyohvandlik vositasi saqlab kelinayotganligi ma'lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025