Tashkent city ko‘chalariga qanday nom qo‘yilishi kutilayotgani ma'lum bo‘ldi
Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi ko‘chalarga nom berish to‘g‘risidagi poytaxt hokimi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, biznes markaz hududida 6ta nomsiz ko‘cha mavjud va ularni quyidagicha nomlash taklif etilmoqda:
- Yangi Toshkent ko‘chasi
- Yangi Toshkent tor ko‘chasi;
- O‘qchi ko‘chasi;
- Zargar ko‘chasi;
- Xadra ko‘chasi;
- Xadra tor ko‘chasi.
Loyiha bo‘yicha 2 noyabrga qadar taklif va mulohazalarni yozib qoldirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Tashkent city hududida Kongress xoll va «Hilton» mehmonxonasi qurib bitkazilgan, prezident Shavkat Mirziyoyev bu obektlarni 9 oktabr kuni borib ko‘rgan edi. 12 oktyabrda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishbilarmonlik markazining ochilishi munosabati bilan videomurojaat yo‘llagandi.
Mazkur xalqaro biznes markazi qurilishi 2018 yilda boshlangan, undagi barcha obektlar 2021 yilgacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024