Samarqand shahar soliqchisi pora olganlikda gumonlanib ushlandi
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Samarqand shahar DSI xodimi tekshirish o‘tkazmaslik va rahnamolik qilish evaziga 300 AQSh dollari miqdordagi pulni olayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Kun.uz’ga bergan ma'lumotiga ko‘ra, Samarqand shahrida 18 oktabr kuni huquqni muhofaza qiluvi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Samarqand shahar DSI xodimi pora tariqasida pul olayotgan paytda ushlangan.
U tadbirkorlardan biridan tegishli ruxsatnomasiz sotilgan alkogol va tamaki mahsulotlarini olib qo‘yib, tekshirish o‘tkazishga vakolatli xodim sifatida xususiy tadbirkordan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishini ta'minlab berish, tekshirish o‘tkazmaslik va rahnamolik qilish evaziga 300 AQSh dollari miqdordagi pulni olayotgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar DSI xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodesining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:25 / 29.09.2024
Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
11:14 / 24.09.2024
Samarqandda Treker piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi
19:35 / 09.09.2024
Samarqand shahridagi ko‘pqavatli uyda gaz portladi
12:56 / 05.09.2024