O‘zbekiston | 19:39 / 21.10.2019
13312
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Xalqaro asalarichilar forumi–2019”

Foto: Aloqabank

Ma'lumki, hukumatimiz tomonidan asalarichilik sohasini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sohaga ilg‘or tajribalarni tatbiq yetish, sohaning eksport salohiyatini oshirish hamda asalarichilarning loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha AT “Aloqabank” mazkur sohaga mas'ul bank etib tayinlangan.

Shuningdek, asalarichilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni respublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi tashkil etilgan.

So‘nggi yillarda AT “Aloqabank” va “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi tomonidan sohani rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 5-10-oktabr kunlari Dog‘iston Respublikasida “Xalqaro asalarichilar forumi 2019” bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum Kaspiy dengizi sohilida joylashgan “Lezzet” sanatoriyasida tashkillashtirildi.

Rossiya Federatsiyasining 17 ta hududi va boshqa 7 ta davlatlar qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ushbu forumda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad asalarichilik sohasini yanada rivojlantirish, mamlakatlar o‘rtasida mazkur soha bo‘yicha bilim va tajribalar almashish hamda asalarichilikda yuzaga kelayotgan turli xil kasalliklarning oldini olishga qaratildi. Bundan tashqari butun dunyo bo‘ylab asalarilarning xavfsizligini ta'minlash masalasiga ham alohida e'tibor berildi.

Umumiy hisobda forumda 500 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi. Forum yakunida ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Quvonarlisi, O‘zbekiston delegatsiyasi birinchi marotaba ishtirok etishiga qaramasdan “Mavsumning eng yaxshi asali 2019” nominatsiyasida faxrli 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, hamyurtlarimiz asalari paketini yetkazib berish bo‘yicha umumiy miqdori 1 400 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan shartnoma imzolashga ham muvaffaq bo‘lishdi.

Asalarichilarimiz kelajakda shu kabi forumlarda qatnashib, bundan ham yaxshi natijalarga erishishlariga umid qilamiz.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid