Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng boy odami bir kunda 7 mlrd dollar yo‘qotdi
Amazon asoschisi va rahbari Jyeff Bezos o‘z kompaniyasi hisobotidan keyin bir kun ichida 7 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.
24 oktyabrda Amazon 3-chorakda olingan daromadlar haqida hisobot bergan, biroq ko‘rsatkichlar kutilgandan pastroq bo‘lgan. Bu yangiliklar ortida kompaniya aksiyalari 9 foizga arzonlashib ketgan.
Aksiyalar arzonlashgani sababli Bezos 6,9 mlrd dollar yo‘qotgan. Unga hozirda kompaniyasining 57,6 mlnta aksiyasi tegishli.
2018 yilda Bezos dunyoning eng boy odamiga aylanib, boyligi 150 mlrd dollardan oshgan. U rafiqasi bilan yanvarda ajrashgandan keyin kapitali kamayganiga qaramay hali ham milliarderlar ro‘yxatida 117 mlrd dollar bilan 1-o‘rinni egallamoqda.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
07:50 / 29.04.2025